Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. Al-Anfal 8:71 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad, ular sizga xiyonat qilmoqchi boʻlsalar, oldin Allohga ham xiyonat qilgandilar. Alloh sizni ulardan gʻolib qildi. Ulardan oʻlgani oʻldi, asir tushgani asir tushdi. Agar yana jangga qaytadigan boʻlsalar, yana shunday natijani kutaversinlar. Alloh oʻzi yaratgan maxluqotlariga nima kerakligini yaxshi biladigan, har bir tadbirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.