Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 72 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 72 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَهَاجَرُوا وَجَاهَدُوا بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنْفُسِهِمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ آوَوْا وَنَصَرُوا أُولَٰئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يُهَاجِرُوا مَا لَكُمْ مِنْ وَلَايَتِهِمْ مِنْ شَيْءٍ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا ۚ وَإِنِ اسْتَنْصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ إِلَّا عَلَىٰ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِيثَاقٌ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 72
Tarjima:
Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yo`lida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam ko`rsatganlar, ana o`shalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy bo`la olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam so`rasalar, yordam bermog`ingiz vojib. Faqat, siz bilan o`rtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni ko`rguvchi Zotdir. Al-Anfal 8:72
Tafsir:
Allohga iymon keltirgan, Paygʻambariga ergashgan, shariatiga amal qilgan, kufr yeridan Islom diyoriga yoki bemalol ibodat qila oladigan boshqa bir yurtga hijrat qilgan, molu jonlarini tikib, Alloh yoʻlida jihod qilgan muhojirlar va ularga joy bergan, ularni qoʻllab-quvvatlagan, yelkama-yelka turgan ansorlar bir-birlari bilan doʻstdirlar. Ey moʻminlar, Allohga iymon keltirgan-u, lekin hijrat qilmaganlarga to hijrat qilmagunlaricha yordam berishingiz, ularni himoya qilishingiz sizlarga vojib emas. Agar kofirlar ularga zulm qilsa va ular sizlardan yordam soʻrasa, dushmanlariga qarshi ularga yordam beringlar. Lekin agar sizlar bilan ularning dushmanlari orasida bitim boʻlsa va ular bitimni buzmagan boʻlsalar, sizlar ham buzmanglar, unga rioya qilinglar. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir. Bironta amalingiz U Zotdan yashirin qolmas. Yaqinda amallaringizga yarasha mukofotingizni berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 71 Keyingi Al-Anfal • Oyat 73