Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va mo`minlar amalingizni ko`radilar. Va, albatta, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi», – deb ayt. Tavba 9:105 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, oʻsha jihoddan qolib, keyin tavba qilganlarga ayting: "Qilgan zararingizning oʻrnini toʻldiringiz, xolis Alloh uchun Alloh rozi boʻladigan amallarni qilingiz. Alloh, Uning Paygʻambari va moʻminlar amallaringizni koʻradilar. Qiyomat kuni hamma narsani biladigan, oshkorayu yashirin ishlaringizdan xabardor boʻlgan Parvardigoringizga qaytarilasizlar va oʻshanda bu dunyoda qilib oʻtgan amallaringizni aytib, ularga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur".