Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 106 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 106 • Oʻzbekcha


وَآخَرُونَ مُرْجَوْنَ لِأَمْرِ اللَّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمْ وَإِمَّا يَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 106
Tarjima:
Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. At-Tawbah 9:106
Tafsir:
Tabuk gʻazotiga uzrsiz chiqmagan yana boshqalar ham borki, ularning ishi Allohning hukmiga havola. Oʻzi istaganicha hukm qiladi. Tavba qilmasalar jazolashi ham, tavba qilsalar kechirishi ham mumkin. Alloh kim jazoga, kim kechirilishga loyiq ekanini juda yaxshi biladi. U shariatini va tadbirini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir. Ular Mirora ibn Rabi, Kab ibn Molik va Hilol ibn Umayyalardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 105 Keyingi At-Tawbah • Oyat 107