Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 108 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 108 • Oʻzbekcha


لَا تَقُمْ فِيهِ أَبَدًا ۚ لَمَسْجِدٌ أُسِّسَ عَلَى التَّقْوَىٰ مِنْ أَوَّلِ يَوْمٍ أَحَقُّ أَنْ تَقُومَ فِيهِ ۚ فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَنْ يَتَطَهَّرُوا ۚ وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ 108
Tarjima:
Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir. Tavba 9:108
Tafsir:
Ey Paygʻambar, munofiqlarning chaqirigʻiga quloq sola koʻrmang va bu masjidda namoz oʻqimang. Zero, birinchi qadamidan taqvo asosiga qurilgan Qubo masjidi mana bu kufr asosiga qurilgan masjiddan koʻra namoz oʻqiladigan joy boʻlishga loyiqroqdir. Qubo masjidida badanlarini suv bilan kir va najasdan, qalblarini esa tavba va istigʻfor bilan gunohlardan poklaydigan kishilar bor. Alloh esa oʻzini kir-najasdan ham, gunohlardan ham pok tutadigan odamlarni yaxshi koʻradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 107 Keyingi Tavba • Oyat 109