Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 109 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 109 • Oʻzbekcha


أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَمْ مَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 109
Tarjima:
Binosini Allohga bo`lgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam o`tiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. At-Tawbah 9:109
Tafsir:
Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila amalga oshadigan taqvo hamda ezgu ishlarni koʻp qilish ila erishiladigan Alloh rizosi asosiga bino qurgan inson bilan musulmonlarga ziyon yetkazish, kufrni avj oldirish, moʻminlar orasiga tafriqa solish maqsadida bino qurgan odam tengmi? Ular hech qachon teng boʻla olmaydilar. Birinchi bino oʻta mustahkam boʻlib, hech qachon qulamaydi. Ikkinchisi esa yemirilayotgan jar yoqasiga qurilgan binodirki, tez orada quruvchining oʻzi ham binosiga qoʻshilib jahannam oloviga qulaydi. Alloh kufru nifoq ila oʻziga oʻzi zulm qilganlarga tavfiq bermaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 108 Keyingi At-Tawbah • Oyat 110