Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladir. Magar qalblar qiymalanib ketsagina, shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. Tavba 9:110 ⧉
Tafsir:
Ularning qurgan masjidlari dillaridagi shak-shubha va munofiqlik tarzida qolaveradi. To yuraklari yorilib oʻlgunlaricha yoki qilich bilan oʻldirilgunlaricha shunday davom etaveradilar. Alloh bandalarining amallarini bilguvchi, ularga jazo yoki mukofot berishda hikmat bilan hukm qilguvchi Zotdir.