Payg`ambar va mo`minlar uchun do`zax egalari ekanligi ayon bo`lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo`lsa ham, istig`for aytishlari durust emasdir. At-Tawbah 9:113 ⧉
Tafsir:
Paygʻambarga ham, moʻminlarga ham mushriklar uchun Allohdan magʻfirat soʻrashlari joiz emas. Garchi ular qarindoshlari boʻlsa ham. Chunki ularning mushrik holida oʻlganlari sababli doʻzaxiylar ekani aniq boʻldi.