Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 114 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 114 • Oʻzbekcha


وَمَا كَانَ اسْتِغْفَارُ إِبْرَاهِيمَ لِأَبِيهِ إِلَّا عَنْ مَوْعِدَةٍ وَعَدَهَا إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُ أَنَّهُ عَدُوٌّ لِلَّهِ تَبَرَّأَ مِنْهُ ۚ إِنَّ إِبْرَاهِيمَ لَأَوَّاهٌ حَلِيمٌ 114
Tarjima:
Ibrohimning otasi uchun aytgan istig`fori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo`lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir. Tavba 9:114
Tafsir:
Ibrohimning otasi uchun magʻfirat soʻrashi unga bergan vadasi tufayli boʻlgandi. Musulmon boʻlishidan umid qilgandi. Otasi Allohning dushmani ekani ayon boʻlgach, yani, unga nasihat kor qilmagach yoki vahiy orqali uning kofir holida oʻlishini bilgach, undan yuz oʻgirdi. Demak, otasi uchun istigʻfor aytishi Allohning hukmiga qarshi borishi emas, oddiy bir ijtihodi edi, xolos. Ibrohim Allohga koʻp tavba-tazarru qiladigan, zolim qavmini ham kechirib yuboraveradigan bagʻrikeng insondir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 113 Keyingi Tavba • Oyat 115