Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan so`ng, ularga saqlanishlari lozim bo`lgan narsani bayon qilmasdan turib, zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir. At-Tawbah 9:115 ⧉
Tafsir:
Alloh bir qavmni hidoyat qilganidan keyin to ularga ehtiyot boʻlishlari lozim boʻlgan harom ishlarni bayon qilmay turib, ular ustidan adashgan, deya hukm chiqarmadi. Haromligi bayon qilingan ishlarni sodir etganlaridan keyingina ular ustidan adashganlik hukmi oʻqildi. Alloh hamma narsani Bilguvchi Zotdir. U Zotga hech narsa maxfiy emas. Sizlarga bilmagan narsalaringizni bildirdi.