Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 117 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 117 • Oʻzbekcha


لَقَدْ تَابَ اللَّهُ عَلَى النَّبِيِّ وَالْمُهَاجِرِينَ وَالْأَنْصَارِ الَّذِينَ اتَّبَعُوهُ فِي سَاعَةِ الْعُسْرَةِ مِنْ بَعْدِ مَا كَادَ يَزِيغُ قُلُوبُ فَرِيقٍ مِنْهُمْ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّهُ بِهِمْ رَءُوفٌ رَحِيمٌ 117
Tarjima:
Batahqiq, Alloh Payg`ambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan ba'zilarining qalblari toyib ketay degandan so`ng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir. Tavba 9:117
Tafsir:
Alloh paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning munofiqlarga Tabuk gʻazotiga chiqmaslikka izn berganini kechirdi, tavbasini qabul qildi. Havo juda issiq, tayyorgarlik haminqadar, dushman esa oʻta qudratli boʻlishiga qaramasdan, Paygʻambarga ergashib, gʻazotga chiqqan muhojir va ansorlarning ham tavbasini qabul qildi. Ulardan bir guruhining qalblari toyilayozib, oʻta qattiq mashaqqatni koʻrib, gʻazotga chiqmaslikni ham oʻylab qolgandilar. Keyin Alloh ularga sabot berib, gʻazotga chiqishga muvaffaq ayladi, tavbalarini qabul qildi. Alloh moʻminlarga Mehribon Zotdir. Ulardan tavbalarini qabul qilishi ana shu marhamatining bir koʻrinishidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 116 Keyingi Tavba • Oyat 118