Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 118 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 118 • Oʻzbekcha


وَعَلَى الثَّلَاثَةِ الَّذِينَ خُلِّفُوا حَتَّىٰ إِذَا ضَاقَتْ عَلَيْهِمُ الْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ وَضَاقَتْ عَلَيْهِمْ أَنْفُسُهُمْ وَظَنُّوا أَنْ لَا مَلْجَأَ مِنَ اللَّهِ إِلَّا إِلَيْهِ ثُمَّ تَابَ عَلَيْهِمْ لِيَتُوبُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 118
Tarjima:
Va ortda qolgan uch kishiga ham. Ularga keng yer tor bo`lib, yuraklari siqilib, Allohdan qochib, o`zgaga borib bo`lmasligiga ishonganlaridan so`ng, tavba qilishlari uchun tavba eshigi ochildi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. Tavba 9:118
Tafsir:
Uch kishi, yani, Kab ibn Molik, Mirora ibn Rabi va Hilol ibn Umayya Tabuk gʻazotiga chiqmagandilar. Paygʻambar alayhissalom hammaga ular bilan aloqa qilmaslikni buyurdi. Hammadan ajralib qolish ularni ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Qattiq xafa boʻlib, gʻam-qaygʻuga botib, keng zamin ularga torlik qilib, yuraklari siqilib, Allohdan boshqa yordam soʻrab boradigan joylari yoʻqligini angladilar. Keyin Alloh ularga rahm qilib, tavbaga yoʻl ochib berdi va tavbalarini qabul qildi. Alloh bandalarining tavbalarini qabul qiladigan, ularga Mehribon Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 117 Keyingi Tavba • Oyat 119