Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar. Tavba 9:126 ⧉
Tafsir:
Munofiqlar har yili bir-ikki marta sirlari ochilib, sharmanda boʻlayotganlarini koʻrmaydilarmi? Shu ishlarni Alloh qilayotganini bila turib, na kufridan tavba qilyaptilar, na munofiqligidan tiyilyaptilar va na shu ishlar Alloh tarafidan boʻlayotganidan ibrat olyaptilar.