Ammo, qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida o`lurlar. Tavba 9:125 ⧉
Tafsir:
Qurondan hukm va qissalarning nozil boʻlishi munofiqlarning nifoqiga nifoq qoʻshdi. Vahiy qancha koʻp nozil boʻlsa, ularning marazi shuncha koʻp ortib boraverdi. Chunki ular har bir nozil qilingan vahiyga shubha bilan qaradilar va kofir hollarida oʻldilar.