Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 124 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 124 • Oʻzbekcha


وَإِذَا مَا أُنْزِلَتْ سُورَةٌ فَمِنْهُمْ مَنْ يَقُولُ أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَٰذِهِ إِيمَانًا ۚ فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا فَزَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَهُمْ يَسْتَبْشِرُونَ 124
Tarjima:
Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram bo`ldilar. At-Tawbah 9:124
Tafsir:
Paygʻambar alayhissalomga biron sura nozil qilinganda munofiqlardan ayrimlari mazax, masxara qilib: "Muhammadga nozil qilingan bu sura qaysi biringizning iymonini ziyoda qildi?", deydilar. Bu sura Allohga iymon keltirgan, paygʻambarini tasdiq etgan zotlarning iymonini ziyoda qildi va ular vahiy tushganidan xursand boʻldilar. Chunki ular vahiyda oʻzlarining bu dunyolari uchun ham, oxiratlari uchun foyda borligini biladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 123 Keyingi At-Tawbah • Oyat 125