Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 19 • Oʻzbekcha


أَجَعَلْتُمْ سِقَايَةَ الْحَاجِّ وَعِمَارَةَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ كَمَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَجَاهَدَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۚ لَا يَسْتَوُونَ عِنْدَ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 19
Tarjima:
Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yo`lida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. At-Tawbah 9:19
Tafsir:
Ey mushriklar, sizlar hojilarga suv berish va Majidul-Haromni obod qilish ishlarini bajaradigan xodimlarni Allohga ishonadigan, shirk keltirmaydigan, Qiyomat kuniga iymon keltiradigan, joni va molini tikib, Alloh kalimasini oliy qilish, kufr kalimasini esa yer bilan yakson qilish yoʻlida jihod qiladigan kimsa bilan tenglashtirmoqchimisizlar? Allohning nazdida har ikkisining fazli teng, deb oʻylaysizlarmi? Ular Allohning nazdida hech qachon teng boʻlolmaydilar. Garchi hojilarga suv berish kabi yaxshi amallarni qilayotgan boʻlsalar-da, Alloh zolim mushriklarga tavfiq bermaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 18 Keyingi At-Tawbah • Oyat 20