Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 18 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَاجِدَ اللَّهِ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَأَقَامَ الصَّلَاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا اللَّهَ ۖ فَعَسَىٰ أُولَٰئِكَ أَنْ يَكُونُوا مِنَ الْمُهْتَدِينَ 18
Tarjima:
Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to`kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo`rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o`shalar hidoyat topguvchilardan bo`lsalar. Tavba 9:18
Tafsir:
Masjidlarni obod va himoya qilish yolgʻiz Allohga ishonadigan, U Zotga shirk keltirmaydigan, Qiyomat kuniga iymon keltiradigan, namozni toʻkis ado etadigan, zakot beradigan, Allohdan boshqa hech kimdan qoʻrqmaydigan zotlarning haqqidir. Mana shunday zotlarning toʻgʻri yoʻlda ekanidan umid bor. Mushriklar esa toʻgʻri yoʻldan naqadar yiroqda.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 17 Keyingi Tavba • Oyat 19