Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 23 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 23 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا آبَاءَكُمْ وَإِخْوَانَكُمْ أَوْلِيَاءَ إِنِ اسْتَحَبُّوا الْكُفْرَ عَلَى الْإِيمَانِ ۚ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ مِنْكُمْ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 23
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun ko`rsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni do`st tutmang. Sizdan kim ularni do`st tutsa, bas, ana o`shalar, o`zlari zolimlardir. Tavba 9:23
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va Paygʻambariga ergashgan moʻminlar, agar ota-onangiz, aka-ukalaringiz va boshqa qarindoshlaringiz kufrni iymondan ustun koʻrsalar, ularni doʻst tutib, ularga maslahat solib, moʻminlarning sirlarini oshkor etmangiz. Sizlardan kim ularni oʻsha kofir holida doʻst tutsa, ana oʻshalar oʻziga oʻzi jabr qilgan zolimlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 22 Keyingi Tavba • Oyat 24