Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 24 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 24 • Oʻzbekcha


قُلْ إِنْ كَانَ آبَاؤُكُمْ وَأَبْنَاؤُكُمْ وَإِخْوَانُكُمْ وَأَزْوَاجُكُمْ وَعَشِيرَتُكُمْ وَأَمْوَالٌ اقْتَرَفْتُمُوهَا وَتِجَارَةٌ تَخْشَوْنَ كَسَادَهَا وَمَسَاكِنُ تَرْضَوْنَهَا أَحَبَّ إِلَيْكُمْ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ وَجِهَادٍ فِي سَبِيلِهِ فَتَرَبَّصُوا حَتَّىٰ يَأْتِيَ اللَّهُ بِأَمْرِهِ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ 24
Tarjima:
«Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug`laringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bo`lishdan qo`rqqan tijoratlaringiz va xush ko`rgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yo`lida jiddu jahd qilishdan mahbubroq bo`lsa, u holda, Alloh O`z amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas», – deb ayt. At-Tawbah 9:24
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey moʻminlar, agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urugʻlaringiz va kasb qilib topgan mol-dunyolaringiz, rivojlanishini istaydigan va kasod boʻlib qolishidan qoʻrqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi koʻradigan uy-joylaringiz sizlarga Allohdan, Uning Paygʻambaridan va Uning yoʻlida jihod qilishdan sevimliroq boʻlsa, u holda to Alloh Oʻz jazosini, azobini yuborgunicha kutib turaveringlar. U Zot itoatsiz, fosiq kimsalarning Alloh rizosiga erishishlariga tavfiq bermaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 23 Keyingi At-Tawbah • Oyat 25