Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 25 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 25 • Oʻzbekcha


لَقَدْ نَصَرَكُمُ اللَّهُ فِي مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنْكُمْ شَيْئًا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ الْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُمْ مُدْبِرِينَ 25
Tarjima:
Batahqiq, Alloh sizlarga ko`p joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. O`shanda sizni ko`pligingiz mag`rur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. So`ngra, ortga qarab qochdingiz. Tavba 9:25
Tafsir:
Ey moʻminlar, Alloh sizlarni koʻp gʻazotlarda soningiz va harbiy tayyorgarligingiz oz boʻlishiga qaramasdan, sabablarga rioya qilib, gʻururlanib ketmay, yolgʻiz Oʻziga tavakkal qilgan paytingizda mushriklar ustidan gʻolib qildi. Gʻalabangiz sababi koʻpligingiz boʻlmadi. Hunayn jangida esa koʻpligingizdan gʻururlanib, endi bizni hech kim yenga olmaydi, dedingiz. Oqibatda soningiz koʻpligi sizlarga asqotmadi. Gʻanim sizdan gʻolib boʻldi. Oʻshanda keng zamin sizga torlik qilib qoldi. Keyin magʻlub boʻlib, ortga chekindingiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 24 Keyingi Tavba • Oyat 26