So`ngra, Alloh sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi hamda siz ko`rmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana o`sha, kofirlarning jazosidir. At-Tawbah 9:26 ⧉
Tafsir:
Dushmaningizdan qochib, ortga chekinganingizdan keyin Alloh Paygʻambariga va moʻminlarga xotirjamlik indirdi. Shu bilan yana jang qilishga oʻzlarida matonat topdilar. Ularning koʻzlariga koʻrinmaydigan farishtalarni ham tushirdi. Kofirlarni esa azobga duchor qildi. Oʻldirildilar, asir olindilar, mol-dunyolari oʻljaga aylandi, bolalari yetim qoldi. Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarib, haqni tan olmaydigan va undan yuz oʻgiradigan kofirlarning jazosi shu.