So`ngra, o`shandan keyin Alloh O`zi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. At-Tawbah 9:27 ⧉
Tafsir:
Mana shu jazodan keyin kim tavba qilib, kufru zalolatidan qaytsa, Alloh uning tavbasini qabul qilur. Alloh tavba qiluvchi bandalariga Kechirimli va Mehribon Zotdirki, har qancha gunoh qilgan boʻlsalar ham kechirib yuboraveradi.