Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 28 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلَا يَقْرَبُوا الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَٰذَا ۚ وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ إِنْ شَاءَ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 28
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yo`q, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qo`rqsangiz, Alloh, O`zi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qo`yadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. Tavba 9:28
Tafsir:
Ey Allohga, Paygʻambarga iymon keltirgan va shariatga ergashgan moʻminlar, mushriklar oʻzlaridagi kufr, zulm, badxulqlik va yomon odatlari tufayli najasdirlar. Mana shu yildan (toʻqqizinchi hijriydan) keyin hatto haj yo umra uchun kelgan boʻlsalar ham Makkaga tegishli haramlarga, jumladan, Masjidul-Haromga kirmasinlar. Agar ular olib keladigan oziq-ovqat va turli tijorat mollari kelmay qolishi natijasida kambagʻal boʻlib qolishdan qoʻrqsangizlar, Alloh xohlasa Oʻz fazli ila sizlarga kifoya qilur. Alloh ahvolingizni koʻrib-bilib turguvchi va har bir tadbirini hikmat bilan qilguvchi Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 27 Keyingi Tavba • Oyat 29