Ey, iymon keltirganlar! Sizga nima bo`ldiki, Allohning yo`lida qo`zg`aling, deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qo`yib, dunyo hayotiga rozi bo`ldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayoti juda oz-ku?! At-Tawbah 9:38 ⧉
Tafsir:
Ey Allohga, Paygʻambarga iymon keltirgan va shariatga amal qiladigan moʻminlar, sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida jihod qilishga chaqirilsangiz, malol olib, sustlik qilib, uy-joyingizga yopishib oldingiz? Alloh mujohidlarga tayyorlab qoʻygan oxiratning abadiy nematlari oʻrniga shu dunyoning arzimas, oʻtkinchi lazzatlariga rozi boʻldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayotining matosi arzimasdir. Qanday qilib, aqlli odam boqiy turganda foniyni, buyuk turganda haqirni tanlasin?