Agar qo`zg`almasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. O`rningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir. At-Tawbah 9:39 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, Alloh yoʻlida jihodga chiqmasangizlar, Alloh sizlarni xorlik azobiga giriftor qiladi. Oʻrningizga Allohga itoat etadigan, jihodga chaqirilganda bosh tortmaydigan boshqa bir qavmni almashtiradir. Sizlar Allohga itoatsizlik qilish bilan U Zotga hech qanday zarar yetkaza olmassizlar. U Zot sizlardan behojatdir. Sizlar esa U Zotga muhjtojsizlar. Alloh har ishga Qodirdir. Biron ish U Zotga qiyinlik qilmas. Alloh dinini va Paygʻambarini sizlarsiz ham gʻolib qilishga Qodir.