Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 40 • Oʻzbekcha


إِلَّا تَنْصُرُوهُ فَقَدْ نَصَرَهُ اللَّهُ إِذْ أَخْرَجَهُ الَّذِينَ كَفَرُوا ثَانِيَ اثْنَيْنِ إِذْ هُمَا فِي الْغَارِ إِذْ يَقُولُ لِصَاحِبِهِ لَا تَحْزَنْ إِنَّ اللَّهَ مَعَنَا ۖ فَأَنْزَلَ اللَّهُ سَكِينَتَهُ عَلَيْهِ وَأَيَّدَهُ بِجُنُودٍ لَمْ تَرَوْهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ الَّذِينَ كَفَرُوا السُّفْلَىٰ ۗ وَكَلِمَةُ اللَّهِ هِيَ الْعُلْيَا ۗ وَاللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 40
Tarjima:
Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bo`lgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon g`orda turganlarida, u sherigiga: «Xafa bo`lma, Alloh, albatta, biz bilan», dedi. Bas, Alloh uning ustidan O`z sokinligini nozil qildi va siz ko`rmagan lashkarlar bilan qo`lladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, o`zi yuqori. Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. At-Tawbah 9:40
Tafsir:
Ey moʻminlar, Paygʻambar alayhissalomga sizlar yordam bermasangizlar va uning Alloh yoʻlida jihod qilish chaqirigʻiga quloq solmasangizlar, mushriklar uni va Abu Bakrni Makkadan haydab chiqargan paytlarida sizlar boʻlmasangizlar ham uni Allohning Oʻzi qoʻllab-quvvatlagan edi-ku. Faqat ikkalasi Savr gʻorida turganlarida kofirlar ularni izlab kelib qolgan paytida Abu Bakr Siddiq qoʻrqib ketgandi. Paygʻambar alayhissalom: "Tashvish qilma, Alloh biz bilan birgadir. Oʻzi bizni qoʻllab-quvvatlaydi va nusrat beradi", degandi. Shunda Alloh Paygʻambarining qalbiga xotirjamlik indirib, sizlar koʻrmaydigan farishta lashkarni tushirib, mushriklar soʻzini past qilgandi. Islom oliy boʻlishi bilan Allohning kalimasi oliy boʻlur. Alloh Oʻz zotida ham, qahrida ham, mulkida ham Gʻolibdir. Hech kimsa, hech narsa U Zotdan gʻolib boʻla olmas. Alloh Oʻz tadbirini, qadarini va shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 39 Keyingi At-Tawbah • Oyat 41