Ularning nafaqalarining qabul etilishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir. At-Tawbah 9:54 ⧉
Tafsir:
Ularning infoq-ehsonlari qabul qilinishiga uch narsa monelik qildi: Alloh va Paygʻambariga kufr keltirganlari, namozga dangasalik qilganlari va mol-dunyolarini ixtiyoriy tarzda emas, yoqtirmasdan, oʻlganining kunidan sarflaganlari. Chunki ular namozlaridan ham, infoq-ehsonlaridan ham savob umid qilmaydilar.