Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 55 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 55 • Oʻzbekcha


فَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَالُهُمْ وَلَا أَوْلَادُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ بِهَا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنْفُسُهُمْ وَهُمْ كَافِرُونَ 55
Tarjima:
Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos. Tavba 9:55
Tafsir:
Ey Paygʻambar, munofiqlarning boyligi va bolalari koʻzingizga chiroyli koʻrinmasin. Ular uchun bu nematlarning oqibati voy boʻladi. Alloh ularga shu dunyoda ham mol-dunyo toʻplashni mashaqqat, kulfat qilib beradi. To kofir holida joni chiqib ketguniga qadar shu alfozda davom etaveradilar. Oqibatda esa kofirligi tufayli doʻzaxning tubida abadiy qoladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 54 Keyingi Tavba • Oyat 56