Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi bo`lganlari uchun azoblaymiz. At-Tawbah 9:66 ⧉
Tafsir:
Bunday soxta, yolgʻon uzrlaringiz oʻtmaydi. Dilingizdagi fasodni oshkor qilib, moʻminlarni masxara qilishingiz bilan kofir boʻldingiz. Endi sizlardan bir toifani chin ixlos bilan tavba qilgani uchun kechirsak, boshqa toifani tavba qilmasdan munofiqligida qotib turavergani uchun azoblaymiz.