Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 67 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 67 • Oʻzbekcha


الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ بَعْضُهُمْ مِنْ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمُنْكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ ۚ نَسُوا اللَّهَ فَنَسِيَهُمْ ۗ إِنَّ الْمُنَافِقِينَ هُمُ الْفَاسِقُونَ 67
Tarjima:
Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qo`llarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar — ular fosiqlardir. Tavba 9:67
Tafsir:
Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, munofiq munofiqdir. Munofiqlar moʻminlarning aksi oʻlaroq, yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar va mol-dunyolarini Allohning yoʻlida sarflashga baxillik qilib, qoʻllarini mahkam yumib oladilar. Ular Allohga itoatni tashlab yuborgandilar. Natijada Alloh ham ularga tavfiq berishni tark etdi. Munofiqlar Allohga toat qilishdan bosh tortgan, haq yoʻldan ozgan, zalolat yoʻliga kirib qolgan fosiqlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 66 Keyingi Tavba • Oyat 68