Ular Alloh ularning sirlarini ham, yashirin gaplarini ham albatta bilishini va Alloh, albatta, g`ayblarni bilguvchi Zot ekanini bilmasmidilar? Tavba 9:78 ⧉
Tafsir:
Munofiqlar Alloh ularning yashirin gaplarini ham, hiyla-nayranglarini ham bilishini va Alloh gʻayblarni ham aniq Bilguvchi ekanini, ularning biron ishi U Zotdan yashirin boʻla olmasligini hamda yaqinda amallariga yarasha jazo olishlarini bilmasmidilar?!