Mo`minlardan ko`ngilli bo`lib sadaqa qiluvchilarni va o`z kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob bo`ladir. At-Tawbah 9:79 ⧉
Tafsir:
Ayrim moʻminlar koʻp sadaqa qilishni istaydilar-u, lekin qodir boʻlmaydilar. Ular oz boʻlsa ham qoʻllaridan kelganicha, topganicha beradilar. Munofiqlar ularning ustidan kulishib: "Shu berganing nima ham boʻlardi?", deb masxara qiladilar. Moʻminlarni masxara qilgan bunday munofiqlarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir.