Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar unga ibodat qiladigan bo`lsangiz, Allohning ne'matiga shukr qiling. An-Nahl 16:114 ⧉
Tafsir:
Ey bandalar, Alloh sizlarga bergan rizqlarning halol-pokidan yenglar. Allohning nematiga uni etirof etish va uni Alloh rozi boʻladigan ishlarga sarflash ila shukr qilinglar, agar Ungagina bandalik qiladigan va Unga hech narsani sherik qilmaydigan boʻlsangizlar.