Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 115 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 115 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ ۖ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 115
Tarjima:
Sizlarga faqat o`limtikni, qonni, cho`chqa go`shtini va Allohdan o`zgaga atab so`yilgan narsalarnigina harom qildi. Kim zolim va haddan oshuvchi bo`lmagan holida majbur bo`lib qolsa, albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir. An-Nahl 16:115
Tafsir:
Alloh sizlarga oʻzi oʻlgan oʻlimtik, oqqan qon, toʻngʻizning hamma yogʻi va Allohdan boshqaning nomiga soʻyilgan hayvonnigina harom qildi. Bularning harom qilinishi ixtiyoriy holatlarga tegishli. Endi kim mazkur narsalardan birini yeyishga majbur boʻlib qolsa va oʻzi istamagan holida haddidan oshmasdan yesa, bas, unga gunoh boʻlmaydi. Chunki Alloh kechirimlidirki, uning yeganini kechiradi va mehribondirki, zarurat tugʻilib qolgan oʻrinlarda ulardan yeyishga ruxsat beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 114 Keyingi An-Nahl • Oyat 116