Alloh sizlarni yaratgandir. So`ngra, U sizlarni vafot ettiradir. Sizlardan ba'zilar bilimli bo`lgandan so`ng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir. An-Nahl 16:70 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarni yoʻqdan bor qildi. Ajallaringiz yetganidan keyin yana joningizni oladi. Orangizdan kimdir qarilik atalmish umrning eng yomon bosqichigacha boradi-da, oldin bilgan narsalaridan hech narsani bilmay qoladi. Alloh bandalarining qilgan ishlarini koʻrib-bilib turadigan, har ishga Qodir Zotdir. U Zot qila olmaydigan ishning oʻzi yoʻq.