Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 69 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 69 • Oʻzbekcha


ثُمَّ كُلِي مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ فَاسْلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلًا ۚ يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 69
Tarjima:
So`ngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo`ygan yo`llardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat — belgi bordir. An-Nahl 16:69
Tafsir:
"Keyin oʻzing istagan mevalardan yegin va Parvardigoring qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin". Asalarining qornidan oq, sariq va boshqa ranglardagi asallar chiqadi. Ularda odamlar uchun shifo bor. Kasallarini davolaydilar. Albatta, bu ishda fikr yuritadigan qavm uchun Allohning qudrati va hamma ishlarni boshqarib, tadbirini qilib turishiga dalolat qiluvchi oyat-alomat bor. Fikr yurita oladiganlargina ibratlanadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 68 Keyingi An-Nahl • Oyat 70