Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 142 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 142 • Oʻzbekcha


سَيَقُولُ السُّفَهَاءُ مِنَ النَّاسِ مَا وَلَّاهُمْ عَنْ قِبْلَتِهِمُ الَّتِي كَانُوا عَلَيْهَا ۚ قُلْ لِلَّهِ الْمَشْرِقُ وَالْمَغْرِبُ ۚ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 142
Tarjima:
Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz o`girtirdi ekan?» derlar. Sen: «Mashriqu mag`rib Allohniki, kimni xohlasa, o`shani to`g`ri yo`lga boshlaydir», deb ayt. Al-Baqarah 2:142
Tafsir:
Yahud va ularga oʻxshagan munofiqlardan esi past, nodon-johillari: "Musulmonlarni oldingi qiblasi boʻlmish Baytul-Maqdisdan nima yuz oʻgirtirdi ekan", deyishadi. Ayting, ey Muhammad alayhissalom: "Mashriqu magʻrib va ular orasidagi barcha narsalar Allohning mulkidir. Istagan odamini istagan tarafiga qaratadi. Har qanday nuqsondan pok Alloh Oʻzi xohlagan bandasini qingʻirlik va egrilikdan xoli boʻlgan toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 141 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 143