Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat, ortga burilib ketadiganlar kim-u, Payg`ambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga og`ir bo`lsa ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir.
Al-Baqarah 2:143 ⧉