Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 50

فَإِنْ لَمْ يَسْتَجِيبُوا لَكَ فَاعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَاءَهُمْ ۚ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ اتَّبَعَ هَوَاهُ بِغَيْرِ هُدًى مِنَ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 50 ٥٠

Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan bo`lgan hidoyatsiz, o`z havoyi nafsiga ergashgandan ko`ra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (50)

Tafsir
Quraysh sizning Quron va Tavrotdan ham toʻgʻriroq kitobni olib kelish haqidagi bu gapingizga javob bera olmasa, bas, aniq bilingki, ularning sizni yolgʻonchiga chiqarayotganlari faqat havoyi nafslarigagina ergashayotganlaridan boshqa narsa emas. Alloh tarafidan hidoyat topmay, oʻz havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ham yoʻldan ozganroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh kufr keltirib, oʻziga oʻzi zulm qilgan qavmni xidoyat qilmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin