Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 144 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 144 • Oʻzbekcha


قَدْ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاءِ ۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا ۚ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنْتُمْ فَوَلُّوا وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُ ۗ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ 144
Tarjima:
Goho yuzingning osmonga tez-tez burilganini ko`rurmiz. Bas, albatta, seni o`zing rozi bo`lgan qiblaga qaraturmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda bo`lsangiz ham, yuzingizni u tomon buringiz. Albatta, kitob berilganlar uning Robbilaridan bo`lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g`ofil emasdir. Al-Baqarah 2:144
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, qiblaning oʻzingiz yoqtiradigan tarafga oʻzgartirilishi haqida vahiy nozil boʻlishini istab, yuzingiz samo sari burilganini, osmon tarafga boqayotganingizni koʻrdik. Biz sizni albatta oʻsha oʻzingiz yoqtiradigan tarafga, yani, Baytul-Maqdisdan Baytul-Harom tarafga burib qoʻyamiz. Bas yuzingizni Makkai mukarramadagi Baytul-Harom tarafiga buring. Ey moʻminlar, sizlar ham namoz oʻqiyotgan paytingizda yuzingizni oʻsha tarafga buringlar. Yahud va nasorolardan boʻlgan ahli kitoblar qiblaning oʻzgartirilishi ularni yaratgan va ishlarini boshqarib turgan Alloh tarafidan nozil qilingan haq ekanini biladilar. Chunki bu ish ularning kitoblarida bitilgan. Alloh haqdan yuz oʻgirayotgan oʻsha badbaxtlardan gʻofil emas. Har qanday nuqsondan pok U Zot hammasini koʻrib-bilib turibdi. Yaqinda hammasiga qilmishlariga yarasha jazosini beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 143 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 145