Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 145 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 145 • Oʻzbekcha


وَلَئِنْ أَتَيْتَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ بِكُلِّ آيَةٍ مَا تَبِعُوا قِبْلَتَكَ ۚ وَمَا أَنْتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ ۚ وَمَا بَعْضُهُمْ بِتَابِعٍ قِبْلَةَ بَعْضٍ ۚ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ ۙ إِنَّكَ إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ 145
Tarjima:
Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan bo`lursan. Al-Baqarah 2:145
Tafsir:
Allohga qasamki, ey Muhammad alayhissalom, yahud va nasorolardan boʻlgan ahli kitoblarga qiblaning oʻzgartirilishiga doir hamma oyat-alomatlarni, ochiq-ravshan hujjatlarni keltirsangiz ham ular sizning qiblangizga yuzlanmaslar. Chunki ular siz olib kelgan vahiyga sarkashlik qiladilar, haqqa ergashishdan oʻzlarini katta oladilar. Endi Alloh sizni burib qoʻyganidan keyin siz ham ularning qiblasiga hargiz yuzlanmaysiz. Ular hatto bir-birlarining qiblasiga ham yuzlanmaslar. Negaki, ulardan har biri boshqasini kofirga chiqaradi. Endi sizga har qanday shubhadan xoli sogʻlom ilm kelib turganidan keyin ham qibla va boshqa shariatlaru hukmlar borasida ularning havoyi nafslariga ergashadigan boʻlsangiz, hidoyatni tashlab, havoyi nafsga ergashgan zolimlardan boʻlib qolasiz. Paygʻambar alayhissalomga qarata qilinayotgan bu xitob ularga ergashish naqadar qabih ekanini koʻrsatib berish uchun boʻlyapti, xolos. Aslida esa Alloh Oʻz paygʻambarini bunday qabohatdan albatta asraydi. Ayni damda bu ogohlantirish u zotdan keyin keladigan ummat uchun hamdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 144 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 146