Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 146 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 146 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَعْرِفُونَهُ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَاءَهُمْ ۖ وَإِنَّ فَرِيقًا مِنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ الْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ 146
Tarjima:
Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar. Al-Baqarah 2:146
Tafsir:
Yahud va nasorolardan boʻlgan ahli kitoblarning olimlari qiblaning oʻzgartirilishi Muhammad alayhissalomning paygʻambarligiga dalolat qiluvchi alomatlardan biri ekanini yaxshi biladilar. Ular bu haqiqat bilan xuddi oʻz farzandlarini boshqalardan ajrata oladigandek yaxshi tanishlar. Shunga qaramasdan, ulardan bir toifasi hasad qilganlaridan bilib turib haqni yashiradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 145 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 147