U kimni xohlasa, o`shanga hikmatni berar. Kimga hikmat berilsa, unga ko`p yaxshilik berilgan bo`lar. Faqat aql egalarigina eslarlar. Al-Baqarah 2:269 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo hikmatni, yani, gap-soʻzda ham, amalda ham eng toʻgʻri yoʻldan bora olishni Oʻzi istagan bandasigagina ato etadi. Kimga bu nemat ato etilgan boʻlsa, demak, u juda koʻp yaxshilikka noil boʻlibdi. Allohning oyatlaridan Allohning nuridan bahra olib munavvar boʻlgan va hidoyati ila toʻgʻri yoʻlni topgan komil aql egalarigina ibrat-nasihat oladilar.