Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 270 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 270 • Oʻzbekcha


وَمَا أَنْفَقْتُمْ مِنْ نَفَقَةٍ أَوْ نَذَرْتُمْ مِنْ نَذْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ يَعْلَمُهُ ۗ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنْصَارٍ 270
Tarjima:
Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh albatta biladir. Zolimlarga yordamchilar yo`qdir. Baqara 2:270
Tafsir:
Allohning roziligini istab, ozdir, koʻpdir infoq-ehson qilsangiz yoki koʻngilli boʻlib Alloh uchun biron savob ishni nazr qilsangiz, Alloh hammasini koʻrib-bilib turadi va biron amalingizni zoye qilmaydi. Yaqinda qilgan yaxshi amalingiz uchun ulugʻ ajrlar beradi. Koʻngilli boʻlish u yoqda tursin, hatto boʻynidagi vazifasini ham bajarmaydigan, Allohning hududlaridan oshgan zolimlarga esa qiyomat kunida azobdan qutqarib qoladigan yordamchilar topilmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 269 Keyingi Baqara • Oyat 271