Shayton sizga faqirlikni va'da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O`zidan mag`firat va fazlni va'da qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. Baqara 2:268 ⧉
Tafsir:
Shayton sizlarni kambagʻal boʻlib qolishdan qoʻrqitib, baxillikka va gunohlar qilishga chaqiradi. Alloh esa sizlarga gunohlaringizni magʻfirat qilishini va moʻl rizqni vada qiladi. Alloh fazlu karami keng, bandalarining ahvolidan xabardor Zotdir.