Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar. Al-Ankabut 29:47 ⧉
Tafsir:
Sizdan oldingi paygʻambarlarga kitoblar nozil qilganimizdek, sizga ham Quronni nozil qildik. Abdulloh ibn Salom kabi ayrim Tavrotni oʻqiydiganlar unga iymon keltiradilar. Chunki ularning kitoblarida Quronning tarif-tavsifi kelgan. Anavi mushriklardan ham ayrimlari unga iymon keltiradilar. Bizning oyatlarimizni haqni tan olmaslik va kufr keltirish kabi badbaxtlik qon-qoniga singib ketgan kofirlargina inkor qiladilar.