Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ankabut — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

Ankabut • Oyat 69 dan 46 • Oʻzbekcha


وَلَا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوا آمَنَّا بِالَّذِي أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَأُنْزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَٰهُنَا وَإِلَٰهُكُمْ وَاحِدٌ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ 46
Tarjima:
Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar. Ankabut 29:46
Tafsir:
Ey moʻminlar, yahudiylar va nasroniylar bilan eng goʻzal tarzda, boshqalarga oʻrnak boʻladigan uslubda chiroyli nasihatlar va yorqin dalillar keltirib munozara qilinglar. Ulardan sarkashlik qilib, oʻzini katta olganlari, sizlarga qarshi urush elon qilganlari va shu bilan zolimga aylanganlari bundan mustasno. Undaylari bilan to musulmon boʻlgunlaricha yoki oʻzini past olgan holida jizya bermagunlaricha jang qilinglar. Yahudiy va nasroniylarga shunday denglar: "Oʻzimizga nozil qilingan Quronga ham, sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injilga ham iymon keltirdik. Bizning ilohimiz ham, sizlarning ilohingiz ham ilohlikda ham, parvardigorlikda ham, barkamollikda ham tengsiz boʻlgan bir ilohdir va biz yolgʻiz Ungagina boʻysunguvchilarmiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ankabut • Oyat 45 Keyingi Ankabut • Oyat 47