Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ankabut — Oyat 45 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ankabut • Oyat 69 dan 45 • Oʻzbekcha


اتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِنَ الْكِتَابِ وَأَقِمِ الصَّلَاةَ ۖ إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنْكَرِ ۗ وَلَذِكْرُ اللَّهِ أَكْبَرُ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ 45
Tarjima:
Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to`kis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur. Al-Ankabut 29:45
Tafsir:
Ey Paygʻambar, odamlarga oʻzingizga vahiy qilingan Quronni oʻqib bering. Namozni toʻkis ado eting. Toʻkis ado etilgan namoz namozxonni gunohlar, yomonliklar qilishdan qaytaradi. Chunki u qalblarga gunohlar yoʻlini toʻsib qoʻyadigan, yaxshi ishlarni qilishga yoʻnaltirib turadigan bir nur baxsh etadi. Allohning zikri hamma narsadan ulugʻdir. Alloh sizlar qilayotgan ishlardan Xabardor. Biron amalingiz U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur. Yaxshi ishlarni qilgan boʻlsangiz, mukofotga erishasiz, yomon ishlarni qilgan boʻlsangiz, jazoga tortilasiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ankabut • Oyat 44 Keyingi Al-Ankabut • Oyat 46