Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda mo`minlar uchun oyat-belgi bordir. Ankabut 29:44 ⧉
Tafsir:
Alloh osmonlarni ham, zaminni ham haq ila yaratdi. Ularni bekorga yaratgani yoʻq. Bu ishda moʻminlar uchun Allohning qudratini koʻrsatuvchi belgilar bor. Aynan moʻminlar uchun. Chunki faqat ulargina Alloh yaratgan narsalardagi belgilarni koʻra oladilar. Kofirlar esa oʻzlaridagi oyat-alomatlar yonidan ham, ufqlardagi belgilar oldidan ham beparvo oʻtib ketaveradilar. Ulardan Yaratuvchining naqadar buyukligini, har ishga Qodir Zot ekanini topib ololmaydilar.