Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo`ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo`lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo`lur edilar. Al-Ankabut 29:48 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Qurondan oldin biron kitobni oʻqimas edingiz va qoʻlingiz bilan biron narsani yozmas edingiz. Chunki siz oʻqishni ham, yozishni ham bilmaydigan bir omi odamsiz. Agar oʻqigan, yozgan boʻlganingizda bilmaydigan nodon kimsalar paygʻambarligingizga shubha bilan qarab, sizni oldingi kitoblardan koʻchiryapti, deb oʻylagan boʻlar edilar.